Har yili 21-oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya bo‘limi tomonidan “Til — millatimiz boyligi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Til — millatning ma’naviy boyligi, milliy o‘zligi va madaniyatining ko‘zgusidir. Ona tili orqali xalqning tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari hamda asrlar davomida to‘plangan ma’naviy merosi avloddan avlodga yetib boradi.
O‘zbek tili boy va jozibador tillardan biri bo‘lib, buyuk allomalar, shoir va yozuvchilarning bebaho asarlari orqali yanada rivojlanib, boyib borgan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov kabi ijodkorlar o‘z asarlari orqali ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va keng imkoniyatlarini namoyon etganlar.
Kitoblar ko‘rgazmasining asosiy maqsadi — kitobxonlarda ona tiliga bo‘lgan muhabbat va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, yoshlarni to‘g‘ri va ravon so‘zlashga, savodli yozishga, milliy adabiyotimiz hamda ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga undashdan iborat.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы