Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilning 30-mart sanasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining, Axborot- kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan tumanimizdagi 4 sonli umumta’lim maktabida Qoraqalpoq xalq yozuvchisi Mirzag’aliy Daribaevning “Mıńlardıń biri” kitobi bo’yicha tanlov o’tkazildi.Tanlovga, tuman 4 sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi Z.Orinbaeva, A.Xasanova, maktab targ’ibotchisi X.Yusupova, Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova, Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirovlar ishtirok etdi.A.Vaysova tomonidan, 2021-yilda Nukus “Bilim” nashriyotidan nashrdan chiqarilgan Qoraqalpoq xalq yozuvchisi Mirzag’aliy Daribaevning “Mıńlardıń biri” kitobi bo’yicha tanlov bosqichlari, shartlari haqida tushintirildi. Ishtirokchi o’quvchilar maktabning har hil siniflaridan iborat 11 o’quvchi tanlovda faol ishtirok etdi. Tanlov 2 bosqichdan iborat bo’lib, 1-bosqich har bir ishtirokchining qoraqalpoq xalq yozuvchisi Mirzag’aliy Daribaevning “Mıńlardıń biri” kitobini to’liq o’qiganligini aniqlash maqsadida 20 daqiqa davomida bayon yozib berishlari, 2-bosqich ushbu kitobdan savollar berilib javob qaytarish kerakligi aytib o’tilib, tanlov shu tarzda o’tkazildi.Tanlovda kitobxon yoshlar faol ishtirok etib, g’olib bo’lgan ishtirokchilar M.Kadirov tomonidan e’lon qilindi va 10a-sinf o’quvchisi Qurbanbaeva Mirxan 1-o’rinni egallagani, 8v-sinf o’quvchisi Jalg’asbaeva Gulzar 2-o’rinni egallagani, 9v-sinf o’quvchisi Begjanova Maryash 3-o’rinni egallagani aytib o’tildi.G’oliblarga Axborot-kutubxona markazi tamonidan “Fahriy yorlig’i” va har hil baadiy kitoblar sovg’aga berildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы