Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Eng yaxshi sovg’a — kitob” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.

Joriy yilning 18 iyun kuni Taxiatosh tumani Ichki Ishlar bo’limida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni targ’ib qilish va ma’naviy rivojlanishni taminlash maqsadida  “Eng yaxshi sovg’a — kitob” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni Taxiatosh tumani  IIB Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha – o’rinbosari mayor Aliev Mansur Sarsenbaevich ochib berdi. U o’z so’zida bugungi tadbirning maqsadi va vazifalari to’g’risida tushunchalar berib o’tdi. Tadbirda kutubxona xodimlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli “O’zbekiston Respublikasi aholisiga Axborot-kutubxona xizmatin ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori mazmun, mohiyati bo’yicha, shu bois tumanimizda ham Axborot kutubxona – markazi tashkillashtirilganligi, kutubxonamiz fondidagi siyosiy va badiiy adabiyotlar o’zbek, qoraqolpoq, russ tilida nashr qilingan kitoblar mavjudligi, shuningdek kitob o’qish  inson bilimining manbai bo’lib, komillik sari etaklashini, oilada farzand tarbiyasida kitobning o’rni muhimligi, Vatanga muxabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning o’rni beqiyosligi,  bugungi kunda tumanimiz aholisi kitobga bo’lgan qiziqishi kundan-kunga ortib borayotganligi haqida va IIB xizmatchilariga hayotda oila a’zolariga, farzandlariga, yaqin insonlariga kitob – eng yaxshi sovg’a ekanligi aytib o’tildi.  Tadbir so’ngida IIB hodimlari kututubxona hodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirib, kutubxonaga doimiy a’zo bo’lishlarini aytib  o’tdi.