Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob o’qish – bu qobiliyatingizni va xotirangizni rivojlantiradi» mavzusida uslubiy qo’llanma

  Kitob o’qish yana-ham yaxshiroq qilish haqida birnechta dalil.

  1. Kitob o’qish stressni kamaytiradi: Faqat 6 daqiqa o’qish, stressni 2/3 darajaga tushiradi (musiqa eshitish va sayr qilishga qaraganda)
  2. Kitob o’qish sizni o’yqusizlikdan asraydi: Televidenie yoki telefonning sizning miyangizga o’yg’onish haqidagi signalni jo’natadi. Kitob esa aksincha signal beradi.
  3. Kitob o’qish sizni yana-ham yoqimli etadi: Sababi kitob o’qigan kishi bilan hoxlagan mavzuda gaplashish mumkin. O’qish sizni bilimdon etib ko’rsatadi.
  4. Ko’p kitob o’qigan odamlar ijtimoiy xarakatchang bo’ladi: Ya’ni jamoatchilik va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etadi.
  5. O’qish g’oyaviy qobiliyatingizni va xotirangizni yaxshilaydi: Sababi har o’qish davomida Siz miyangizni chiniqtirasiz. Qabul qilgan axborotni saqlash uchun u har doim yangi aloqalar yaratadi.
  6. Kitob o’qish til o’rganishni engillashtiradi: Sababi muntazam ravishda o’qish materialni esda saqlashda va oson tushunishda yordam beradi. Asosan yangi til o’rganishda foyda beradi.
  7. Kitob o’qish tinglash san’atini rivojlantiradi: Asosan ovozli o’qishda, tekshirish san’ati yaxshilanadi. Shuningdek grammatika va leksikani tushinishni osonlashtiradi.
  8. Kitob o’qish Altsgeymer kasalligining oldini oladi: Sababi miyani organlar singari mashqlar bilan mustahkamlash kerak. O’qish – a’lo jarayon. (Er yuzidagi kam uchraydigan kasallik formasi bo’lib 2006 yili har mlrd kishidan 26,6 mln kishi kasallangan. Bu o’zoq xotiraning yo’qolishi, shuningdek, o’zini parvarishlamaslik oqibatidir)
  9. Birgalikdagi o’qish ota-ona va bola o’rtasidagi o’zaro munosabatni yaxshilaydi: Psixologlarning aytishicha bolangiz bilan kitob o’qishda birgalikda o’tkazgan vaqt davomida orada mahsus aloqa o’rnatiladi. Bunday aloqa televizor ko’rishda yoki uyin o’ynashda bo’lmaydi.
  10. Kitob o’qish moliyaviy qiyinchiliklarni engishda yordam beradi: Statistik ma’lumotlarga ko’ra 43% katta yoshdagi kishilarning qobiliyati juda past bo’lganligi sababli, qashshoqlikda yashar ekan. Juda bilimli va kitobxon odamlarning esa faqat 4% mana shunday qiyinchilikga uchraydi.
  11. Kitob ko’p o’qigan bola, ta’limni engil o’zlashtirishi mumkin: Tadqiqotlarga ko’ra: o’sha o’quvchilar, faqat grammatikadan emas balki matematikadan ham muvaffaqiyotga erishadi.
  12. Kitob o’qish jinoyatchilarning kamayishiga yordam beradi: Bir izlanishlar shuni ko’rsatadi, qamoqda saqlanayotgan jinoyatchilar o’rtasida o’tkazilgan savodxonlikni oshirish kursidan keyin ozod etilgan jinoyatchining 30% boshqa bu yo’lga kirmagan.

Interaktiv o’qish buyicha maslahat

 Birgalikda o’qing: Bolangiz bilan birgalikda kitob yoki, mayli u kompyuter dasturi bo’lsin, mayli elektron yoki audio kitob bo’lsin adabiyot matn tashuvchi bilan tanishing. Olimlar bu jarayonni birgalikdagi o’yin faoliyati deb atashadi. Bola hech qachon raqamli kurilma oldida ko’p vaqt davomida bir o’zi qolmaslik kerak. Siz albatta har kunni birgalikda o’qish bilan tugatishingiz kerak!

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Birga kitob o’qisak mumkinmi? Bu dasturda nima ishlatsa bo’ladi?

  1. Ko’proq savol bering: Savol bu – interaktiv o’qish asosi. Bolangiz hali gapira olmasa ham o’qish boshlangandek o’qish ohirigacha va o’qish davomida bolaga so’rov berishni unutmang.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Quyon katga boratir? Bu gul qanday rangda?

  1. Kitobni batafsil muhokama eting: Illyustratsiyalarni ko’rsating, ranglar qanday atalishini ayting, xayvonlar, odamlar va qahramon hissiyatini bildiring. Lekin keyinchali sizdan o’qishni interaktiv jarayonga aylantirishni o’rganadi.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu mashina qizil. Yana siz qizil rangda nimalarni ko’rib tursiz? Xayvonlarni sanashni hoxlaysizmi?

  1. Hikoyani uyin tarziga aylantiring: Suratda supurgu ko’rsangiz uning ovozini taqlid eting. Yoki suratda taom ko’rsangiz eyishingiz kelayotgan qilib ko’rsating. Bu bilan siz bolada so’z va tushuncha orasidagi aloqani o’rnatishda yordam berasiz. O’z navbatida bu jarayon interaktiv o’qishdagi – peshtokidan tosh.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin:

Kapalak qurti bittasini edi…?

Keyin u kimni dur qurdi-kimni?

  1. Kitob qahramonlarining o’rniga o’zini qo’yishga bolaga yordam bering: Eng oddiy his-tuyg’ularni muhokama etishdan boshlang. Vaqtning o’tishi bilan, bu qobiliyat a’lo darajaga ko’tariladi va siz be’malol yanada murakkab so’rovlarni berishingiz mumkin.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu mushukchaning uyqusi keldi – o’ni silab quy. Bu chaqaloq singari senda ham bir paytlar xavotirlanish bo’ldimi?

  1. O’qish davomida bolani maropatlab turing: O’qib bo’lishdan so’ng albatta yaxshi kitob va kompyuter dasturini tanlagani uchun maropatlab qo’choqlab va eng oddiy javobiga ham rag’batlantiring.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu kitobni tanlaganing menga juda yoqdi. Sen bu dasturni judayam zo’r boshqarib quyding.

  1. Kitob haqida tasavvuringizni bo’lishing: Agar bolaga ertak yoqqan bo’lsa nima sabab yoqkanini so’rang. Elektron kitob o’qiganda esa nimaga hayojonlanganini so’rang. Buning barchasi siz bilan bolangizning birgalikda o’qishingizni yana-yam qiziqroq qiladi.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu kitobni o’qish senga yoqdimi? Kitobni yana bir marta o’qishni hoxlaysanmi?

  1. Bolaga u yaxshi ko’radigan narsasi haqida o’qing: Agarda bolangizga fillar haqida yoqadigan bo’lsa, kutubxonadan fillar haqida kitoblar oling. Bolangizning yaxshi ko’radigan narsasi haqida ko’proq bilishi uchun kerak bo’lsa, video, internet resurslari, kompyuter dasturidan foydalaning.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin:  Yana fil haqida o’qishni hoxlaysanmi? Qani kutubxonachidan suraylik bizga fillar haqida yana kitoblar bersin.

  1. O’qigan kitobingizni muhokama etish uchun o’qishni to’xtatib turing: Odatda kattalar teziroq o’qishni oxiriga etkazishga shoshiladi. Bola o’qiganini yaxshi va har tomonlama tushunishi uchun, o’qishni to’xtatib muxokama etib turish juda muhim.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin:  Ozgina to’xtalib, bu tog’larni yaxshilab ko’rib olsak maylimi? Balki to’xtalib, nima bo’layotgani xaqida gaplashib olarmiz?

  1. Fitna rivojlanishi haqida taxmin qiling: Bunday savollar bolalarda o’qiganini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bunday so’rovlar kelajakda kitobni muxokama etishda yaxshi natija beradi va bu odat umrbop esida saqlanadi.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin:  Musoboqada kim g’olib bo’lishi mumkin? Qutichada nima yashiringan ekan?

  1. Muloqotni qo’llab quvvatlang: Hikoyani eshitib yoki kitobni o’qib bo’lib muxokama etishni davom ettiring. So’rovlar berishni to’xtatmasdan, haqiqiy hayotdagi narsalar bilan tanishtiring.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin:  Haqiqatdan Palma daraxtlarining rasmini ko’rsataymi? Akkardeon nima ekani esingdami?

  1. Bolaning bilim chegarasini kengaytiring: Bunday usulni olimlar «ta’limiy rivojlanish» deb ataydi. Bundan foydalanish uchun bolaga o’qib berishning o’zi kifoya. Sababi o’zi hali o’qib bilmaydi.

Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin:  Bilasanmi, bu mashina nimaga yurmay qoldi? U sho’rvani qanday qilib tayyorlaganini aytib beraymi?

                   Kitob o’qishning 21 foydasi haqida

Hammamiz kitob o’qishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

  1. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.

Xotirjam bo’lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o’qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg’onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o’qish esa aksincha ta’sir ko’rsatadi – miya uxlash vaqti bo’lganligini tushunadi.

 Mutolaa asabni tinchlantiradi.

Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal ko’rasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning o’rniga kitob o’qishni tavsiya qilishadi. Kitob o’qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob o’qish asabiylashishga barham beradi.

  1. Mutolaa qalbni yumshatadi.

Kitob o’qish jarayonida o’quvchi qahramonlar bilan birga bo’ladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo’ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, badiiy asar o’qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg’ularini yaxshi tushunar ekan.

  1. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.

Emori universiteti olimlari kitob o’qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda.

  1. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.

Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o’qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob o’qishni boshlaganlaridan so’ng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan.

  1. Mutolaa insonni go’zallashtiradi.

Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi ko’rinishini ham go’zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va o’z bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi. 

  1. Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.

Har safar kitob o’qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o’qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.

  1. Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni engishga yordam beradi.

Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha ko’p kitob o’qisa, hayot yo’lini shunchalik aniq tanlashini ta’kidlashmoqda. Kitob o’qish hayotdagi to’siqlarni engishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.

  1. Mutolaa soz boyligini oshiradi.

Kitob o’qiyotgan paytda notanish so’zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo’ladi. Kitob o’qish nafaqat so’z boyligini ko’paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. 

  1. Kitob o’qiydigan insonlar hayotda faol bo’lishadi.

San’at milliy jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar kitob o’qiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo’lishlarini isbotladi.

  1. Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.

Kitob o’qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o’quvchiga ta’sir ko’rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o’tgani singari yozuvchining uslubi ham o’quvchining yozish uslubiga ta’sir o’tkazadi.

  1. Mutolaa Altsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.

Qator tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ko’p kitob o’qigan insonlar Altsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo’llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo’ladi. Kitob o’qish esa bu borada eng samarali usuldir.

  1. Mutolaa chet tilini o’rganishni osonlashtiradi.

Doimiy ravishda kitob o’qish boshqa tillarni o’rganishda yangi so’zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

  1. Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.

Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang’ich sinf o’quvchilarining mashg’ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so’zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko’rsatadi.

  1. Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.

Statistika ma’lumotlariga ko’ra, umuman kitob o’qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.

  1. Birgalikda kitob o’qish ota-onalar va bolalarning o’zaro munosabatlarini yaxshilaydi.

Psixologlar birgalikda kitob o’qish jarayonida ota-onalar va bolalar o’rtasida o’ziga xos munosabat o’rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko’rganda aslo paydo bo’lmaydi.

  1. Ko’p kitob o’qiydigan bolalar darslarni yaxshi o’zlashtirishadi.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o’qishni xush ko’radigan bolalar maktabda ham yaxshi o’qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o’zlashtirishadi.

  1. Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.

O’tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo’lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so’ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo’l uradilar.

  1. Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.

Qanchalik g’alati tuyulmasin, kitob o’qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o’qiganda yanada samarali bo’ladi.

  1. Mutolaa yaxshi hikoyago’yga aylantiradi.

Inson kitobni qancha ko’p o’qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq etkazadigan bo’ladi.

  1. Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi

Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq shug’ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zishga undaydi.

Allomalar hamisha kitobni aqlni charxlaydigan, ma’naviy

 yuksalishga etaklaydigan manbaa sifatida ta’riflaydilar,

 Masalan,  «kitob — aql chirog’i», «kitob — bilim manbai»

 kabi minglab maqol va matallar mavjud.

Keyingi paytda olimlar kitob o’qishning inson ruhiyatiga va salomatligiga ham ta’siri mavjudligini ta’kidlashmoqda. Xo’sh,  mutolaaning inson fikratini boyitishdan tashqari yana qanday afzalliklari bor?

  1. Mutolaa asabni tinchlantiradi. Chunki, insonni muntazam qiynayotgan  o’ylaridan chalg’itadi, yangi olamga olib kiradi. Olam turfaligini anglashga o’rgatadi.
  2. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi. Kitob o’qib, qalb ila turfa olamni eshitgach, o’zining muammolari arzimagan bir kuyinchaklik ekanligini tushinadi. Qalb orom olsa, uyqu ham o’z-o’zidan keladi.
  3. Mutolaa qalbni yumshatadi. G’azabni bosadi. Bag’rikenglikka chorlaydi. Pirovardida ruhiyatni yuksaltiradi.
  4. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi. Natijada eslab qolish xususiyati kuchayadi. Pedogoglar eslab qolish qobiliyatini kuchaytirish uchun bolalarga muntazam she’r yodlatishi ham ana shundandir.
  5. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishda samarali vosita. Halqimizning «birni ko’rib shukr qil, mingni ko’rib fikr qil» degan maqoli ham bejiz emasligini bu yo’nalish yana bir bor eslatadi.
  6. Mutolaa insonga o’z hayotidagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni engib yashashga ko’maklashadi. O’qiganlaridan o’rganadi, xulosa chiqaradi. O’z hayotini taroziga solib qiyoslab ko’radi. Fikrlay boshlaydi.
  7. Kitob o’qiydigan insonlar hayotda faol bo’lishadi. Muntazam harakatda bo’lish esa salomatlikni mustahkamlaydi.
  8. Mutolaa insonning so’z boyligini oshiradi. So’z boyligining yuksalishi ya’ni dilizuvonlik esa har qanday davraga bemalol kirib borish va o’z o’rniga ega bo’lish demakdir.

         Xulosa shuki, KITOB – inson umrini nurafshon qiladigan, uni yaxshilik, ezgulik, bunyodkorliklar sari undaydigan ilhombaxsh manbadir. Qalbingiz ziyo nuri bilan nurafshon bo’lsin, aziz mushtariylar.

Farzandlarimiz yaratuvchanlik, ijodiy qobiliyatga ega, bilimli, erkin fikrlovchi, hayotsevar bo’lib voyaga etishida tilakdoshmiz! Kitobxonlik  maqsadlarini amalga oshirishda har bir oilaga yangicha yondoshuvlar tilaymiz.

Tayyorlagan:                          J.Kadirbaeva