Kitob o’qish yana-ham yaxshiroq qilish haqida birnechta dalil.
Interaktiv o’qish buyicha maslahat
Birgalikda o’qing: Bolangiz bilan birgalikda kitob yoki, mayli u kompyuter dasturi bo’lsin, mayli elektron yoki audio kitob bo’lsin adabiyot matn tashuvchi bilan tanishing. Olimlar bu jarayonni birgalikdagi o’yin faoliyati deb atashadi. Bola hech qachon raqamli kurilma oldida ko’p vaqt davomida bir o’zi qolmaslik kerak. Siz albatta har kunni birgalikda o’qish bilan tugatishingiz kerak!
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Birga kitob o’qisak mumkinmi? Bu dasturda nima ishlatsa bo’ladi?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Quyon katga boratir? Bu gul qanday rangda?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu mashina qizil. Yana siz qizil rangda nimalarni ko’rib tursiz? Xayvonlarni sanashni hoxlaysizmi?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin:
Kapalak qurti bittasini edi…?
Keyin u kimni dur qurdi-kimni?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu mushukchaning uyqusi keldi – o’ni silab quy. Bu chaqaloq singari senda ham bir paytlar xavotirlanish bo’ldimi?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu kitobni tanlaganing menga juda yoqdi. Sen bu dasturni judayam zo’r boshqarib quyding.
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bu kitobni o’qish senga yoqdimi? Kitobni yana bir marta o’qishni hoxlaysanmi?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Yana fil haqida o’qishni hoxlaysanmi? Qani kutubxonachidan suraylik bizga fillar haqida yana kitoblar bersin.
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Ozgina to’xtalib, bu tog’larni yaxshilab ko’rib olsak maylimi? Balki to’xtalib, nima bo’layotgani xaqida gaplashib olarmiz?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Musoboqada kim g’olib bo’lishi mumkin? Qutichada nima yashiringan ekan?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Haqiqatdan Palma daraxtlarining rasmini ko’rsataymi? Akkardeon nima ekani esingdami?
Qanday qilib aloqa o’rnatish mumkin: Bilasanmi, bu mashina nimaga yurmay qoldi? U sho’rvani qanday qilib tayyorlaganini aytib beraymi?
Hammamiz kitob o’qishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?
Xotirjam bo’lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o’qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg’onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o’qish esa aksincha ta’sir ko’rsatadi – miya uxlash vaqti bo’lganligini tushunadi.
Mutolaa asabni tinchlantiradi.
Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal ko’rasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning o’rniga kitob o’qishni tavsiya qilishadi. Kitob o’qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob o’qish asabiylashishga barham beradi.
Kitob o’qish jarayonida o’quvchi qahramonlar bilan birga bo’ladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo’ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, badiiy asar o’qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg’ularini yaxshi tushunar ekan.
Emori universiteti olimlari kitob o’qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda.
Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o’qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob o’qishni boshlaganlaridan so’ng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan.
Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi ko’rinishini ham go’zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va o’z bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi.
Har safar kitob o’qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o’qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.
Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha ko’p kitob o’qisa, hayot yo’lini shunchalik aniq tanlashini ta’kidlashmoqda. Kitob o’qish hayotdagi to’siqlarni engishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.
Kitob o’qiyotgan paytda notanish so’zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo’ladi. Kitob o’qish nafaqat so’z boyligini ko’paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi.
San’at milliy jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar kitob o’qiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo’lishlarini isbotladi.
Kitob o’qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o’quvchiga ta’sir ko’rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o’tgani singari yozuvchining uslubi ham o’quvchining yozish uslubiga ta’sir o’tkazadi.
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ko’p kitob o’qigan insonlar Altsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo’llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo’ladi. Kitob o’qish esa bu borada eng samarali usuldir.
Doimiy ravishda kitob o’qish boshqa tillarni o’rganishda yangi so’zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.
Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang’ich sinf o’quvchilarining mashg’ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so’zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko’rsatadi.
Statistika ma’lumotlariga ko’ra, umuman kitob o’qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.
Psixologlar birgalikda kitob o’qish jarayonida ota-onalar va bolalar o’rtasida o’ziga xos munosabat o’rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko’rganda aslo paydo bo’lmaydi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o’qishni xush ko’radigan bolalar maktabda ham yaxshi o’qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o’zlashtirishadi.
O’tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo’lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so’ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo’l uradilar.
Qanchalik g’alati tuyulmasin, kitob o’qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o’qiganda yanada samarali bo’ladi.
Inson kitobni qancha ko’p o’qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq etkazadigan bo’ladi.
Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq shug’ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zishga undaydi.
Allomalar hamisha kitobni aqlni charxlaydigan, ma’naviy
yuksalishga etaklaydigan manbaa sifatida ta’riflaydilar,
Masalan, «kitob — aql chirog’i», «kitob — bilim manbai»
kabi minglab maqol va matallar mavjud.
Keyingi paytda olimlar kitob o’qishning inson ruhiyatiga va salomatligiga ham ta’siri mavjudligini ta’kidlashmoqda. Xo’sh, mutolaaning inson fikratini boyitishdan tashqari yana qanday afzalliklari bor?
Xulosa shuki, KITOB – inson umrini nurafshon qiladigan, uni yaxshilik, ezgulik, bunyodkorliklar sari undaydigan ilhombaxsh manbadir. Qalbingiz ziyo nuri bilan nurafshon bo’lsin, aziz mushtariylar.
Farzandlarimiz yaratuvchanlik, ijodiy qobiliyatga ega, bilimli, erkin fikrlovchi, hayotsevar bo’lib voyaga etishida tilakdoshmiz! Kitobxonlik maqsadlarini amalga oshirishda har bir oilaga yangicha yondoshuvlar tilaymiz.
Tayyorlagan: J.Kadirbaeva
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы