Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kutubxonaga sayoxat tashkillashtirildi

           Joriy yilning 11-yanvar kuni, Axborot-kutubxona markaziga Barkamol avlod oꞌquvchilari tomonidan sayoхat tashkillashtirildi. Abonomentlar  va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova  tomonidan oꞌquvchilarga kutubxonamiz haqida, kutubxonamiz fondi, mavjud adabiyotlar haqida maꞌlumotlar  berib  oꞌtildi. Shuning bilan birga, kitob va uning foydali  taraflari haqida, kitob — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi  ekanligi, aql qayrog’i va bilim manbai ekanligini, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo»tabar va muqaddas sanashi, kitobga bo’lgan muhabbat, uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligi, insonning madaniyati uning kitobida aks etishi aytib oꞌtildi. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanganligi, yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayishini,  hayotga munosabati oʻzgaradi  deya  taꞌkidlab  oꞌtdi. Oꞌquvchilar kutubxonadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga  javoblar olishdi.