Joriy yilning 11-yanvar kuni, Axborot-kutubxona markaziga Barkamol avlod oꞌquvchilari tomonidan sayoхat tashkillashtirildi. Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova tomonidan oꞌquvchilarga kutubxonamiz haqida, kutubxonamiz fondi, mavjud adabiyotlar haqida maꞌlumotlar berib oꞌtildi. Shuning bilan birga, kitob va uning foydali taraflari haqida, kitob — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi ekanligi, aql qayrog’i va bilim manbai ekanligini, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo»tabar va muqaddas sanashi, kitobga bo’lgan muhabbat, uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligi, insonning madaniyati uning kitobida aks etishi aytib oꞌtildi. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanganligi, yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayishini, hayotga munosabati oʻzgaradi deya taꞌkidlab oꞌtdi. Oꞌquvchilar kutubxonadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы