Joriy yilning 15-mart kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova va mutaxasissi B.Yusupova tomonidan oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish,”Kitobxonlik oiladan boshlanadi” g’oyasi ostida “Kitobxon onalar kuni” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbati mehmoni sifatida markazimiz faol kitobxoni R.Eshnazarova o’z qizi A.Saburovalar tashrif buyurdi. Davra suhbatida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 1-sonli maktab kutubxonachisi R.Qutlimuratova, 1-sonli maktab qoraqalpoq tili o’qituvchisi Z.Allabaeva va maktab o’quvchilari qatnashishdi.
Faol onaxonimiz R.Eshnazarova o’z so’zida kitob mutolaasi kishida chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir deya ta’kidlab o’tdi.
Davra suhbati va mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы