Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 15-mart kuni, Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova va mutaxasissi B.Yusupova tomonidan  oilalarda  kitobxonlik  madaniyatini yuksaltirish,”Kitobxonlik oiladan boshlanadi”  g’oyasi ostida  “Kitobxon onalar kuni” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Davra suhbati mehmoni sifatida markazimiz faol kitobxoni R.Eshnazarova o’z qizi A.Saburovalar tashrif buyurdi. Davra suhbatida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 1-sonli maktab kutubxonachisi R.Qutlimuratova, 1-sonli maktab qoraqalpoq tili o’qituvchisi Z.Allabaeva va maktab o’quvchilari qatnashishdi.

Faol onaxonimiz R.Eshnazarova o’z so’zida  kitob mutolaasi kishida chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini   topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos  ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng   asosiy manbaidir deya ta’kidlab o’tdi.

Davra suhbati va mazmunli bo’lib o’tdi.