Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitob – ilm va hikmat manbai” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi.

Kitoblar  bolalarning dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning o’qish, o’rganish va o’z fikrlarini ifoda qilish uchun zarur bo’lgan ularning o’ziga xos fikr-mulohazalarini o’rgatadi va o’z-o’zidan uning kelajagiga va kelajakda o’z yo’lini topib keta olishda eng kerakli manba bo’lib xizmat qiladi.

Taxiatosh  tumani axborot-kutubxona markazining bugungi mehmonlari tumanimizdagi  Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli  2-sonli  umumiy o’rta ta’lim maktabining  1-2 boshlang’ich  sinf  rahbarlari  T.Aldabergenova,  T.Allamuratova  va  o’quvchilari  bo‘ldilar.  Ular bilan Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva  “Kitob – ilm va hikmat manbai”  nomli kitobxonlik soatin  o’tkazdilar. Ishtirokchilar o’zlari sevib o’qigan kitoblari, undagi qahramonlari haqida gapirib berdilar.  Mutaxassislar tomonidan  kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirilib,  Abonoment  va foydalanuvchilarga  xizmat  ko’rsatish  xizmati  mutaxassislari  tomonidan   kutubxonadagi  adabiyotlar  haqida  ma’lumotlar  berib  o’tildi.  Ishtirokchilarga  “Jahon xalq ertaklari”, “Qoraqalpoq xalq ertaklari”, “Kalila va Dimna”, Antuan’de Sent-Ekziyperining  “Kichkina shahzoda”  nomli  kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.