Kitoblar bolalarning dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning o’qish, o’rganish va o’z fikrlarini ifoda qilish uchun zarur bo’lgan ularning o’ziga xos fikr-mulohazalarini o’rgatadi va o’z-o’zidan uning kelajagiga va kelajakda o’z yo’lini topib keta olishda eng kerakli manba bo’lib xizmat qiladi.

Taxiatosh tumani axborot-kutubxona markazining bugungi mehmonlari tumanimizdagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-2 boshlang’ich sinf rahbarlari T.Aldabergenova, T.Allamuratova va o’quvchilari bo‘ldilar. Ular bilan Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva “Kitob – ilm va hikmat manbai” nomli kitobxonlik soatin o’tkazdilar. Ishtirokchilar o’zlari sevib o’qigan kitoblari, undagi qahramonlari haqida gapirib berdilar. Mutaxassislar tomonidan kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirilib, Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan kutubxonadagi adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Ishtirokchilarga “Jahon xalq ertaklari”, “Qoraqalpoq xalq ertaklari”, “Kalila va Dimna”, Antuan’de Sent-Ekziyperining “Kichkina shahzoda” nomli kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы