Joriy yilning 13-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan 13-noyabr Xalqaro ko’zi ojizlar kuni munosabati bilan markaziy MFY da yashovchi M.Jumabaev 12 a uyda yashovchi A.Abatov xonodoniga tashrif buyurildi. Ko’rish imkoniyati cheklangan insonlarga bo’lgan e’tibor va yordamni kuchaytirish, ularning ehtiyojlarini taminlash maqsadida Axborot-kutubxona markazi tamonidan O’zbek adiblari asarlari, M.Yusuf sherlari, G’azallar, Ch.Aytmatovning “Oq kema”, “Jamila”, E.Vohidov “Ruhlar isyoni”, A.Nesin “Hikoyalar” audio elektron kitoblar yig’indisi olib borildi. Bu elektron kitoblar ularga mustaqil hayot kechirishga va hayotta o’z o’rnini topishda kitoblarning ahamiyati kattaligini bilib olishiga katta yordam beradi. Bu kunni nishonlash orqali jamiyatdagi har bir inson o’z o’rnnini anglab, ko’zi ojizlarga ko’proq mehr, hamdartlik va e’tibor ko’rsatishga undaydi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы