Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tamonidan 13-noyabr Xalqaro ko’zi ojizlar kuni munosabati bilan “Mehr kutubxonasi” loyhasi  ostida  ko’chmali kutubxona tashkillashtirildi.

Joriy yilning 13-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan 13-noyabr Xalqaro ko’zi ojizlar kuni munosabati bilan markaziy MFY da yashovchi M.Jumabaev 12 a uyda yashovchi A.Abatov xonodoniga tashrif buyurildi. Ko’rish imkoniyati cheklangan insonlarga bo’lgan e’tibor va yordamni kuchaytirish, ularning ehtiyojlarini taminlash maqsadida  Axborot-kutubxona markazi tamonidan O’zbek adiblari asarlari, M.Yusuf sherlari, G’azallar, Ch.Aytmatovning “Oq kema”, “Jamila”, E.Vohidov “Ruhlar isyoni”, A.Nesin “Hikoyalar”  audio elektron kitoblar yig’indisi olib borildi. Bu elektron kitoblar ularga mustaqil hayot kechirishga va hayotta o’z o’rnini topishda kitoblarning ahamiyati kattaligini bilib olishiga katta  yordam beradi. Bu kunni nishonlash orqali jamiyatdagi har bir inson o’z o’rnnini anglab, ko’zi ojizlarga ko’proq mehr, hamdartlik  va e’tibor ko’rsatishga undaydi.