Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ertaklar-bolalar dunyosining kaliti” mavzusida bolalarga ertaklar qo’yib berildi.

Joriy yilning 6-yanvar  kuni Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan kitobxonlarning qishki ta’tilda – bolalar uchun dam olish va o’qish faoliyatlarini rivojlantirish uchun audio va video ertaklar qoyib berildi.Bunda 2-sonli maktab kitobxonlari va maktabning  boshlang’ich sinf  o’qituvchilari N.Bekatova va M.Matchanovalar qatnashdi. Bolalarga mashhur audio ertaklardan “Alpomish”, “Zumrad va Qimmat”, “Echki va uning bolalari” kabi audio va video ertaklar qo’yib berildi.

Audio va video ertaklarni tinglash va tamosha qilish, bolalarning tasavvurlarini kengaytiradi, ular uchun o’qish va o’rgatish jarayonini yanada qiziqarli qilishga yordam beradi. Bolalarning  eshitish qobilyatini yaxshilaydi va tasavvur qilish ko’nikmalarini rivojlandiradi. Ertaklarda ko’pincha yaxshi va yomon qahramonlar bo’ladi. Bu orqali bola yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi farqni tushinib oladi.