Joriy yilning 6-yanvar kuni Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan kitobxonlarning qishki ta’tilda – bolalar uchun dam olish va o’qish faoliyatlarini rivojlantirish uchun audio va video ertaklar qoyib berildi.Bunda 2-sonli maktab kitobxonlari va maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilari N.Bekatova va M.Matchanovalar qatnashdi. Bolalarga mashhur audio ertaklardan “Alpomish”, “Zumrad va Qimmat”, “Echki va uning bolalari” kabi audio va video ertaklar qo’yib berildi.
Audio va video ertaklarni tinglash va tamosha qilish, bolalarning tasavvurlarini kengaytiradi, ular uchun o’qish va o’rgatish jarayonini yanada qiziqarli qilishga yordam beradi. Bolalarning eshitish qobilyatini yaxshilaydi va tasavvur qilish ko’nikmalarini rivojlandiradi. Ertaklarda ko’pincha yaxshi va yomon qahramonlar bo’ladi. Bu orqali bola yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi farqni tushinib oladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы