Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-yanvar kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.

Axborot-kutubxona markazining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21- dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin- qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36- bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik  oiladan boshlanadi,  kitobxon ona- kitobxon bola”  g‘oyasini  hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning  17-sanasini  “Kitobxon  onalar  kuni” deb belgilandi. Shu munosabat bilan  Taxiatosh tumani 6-sonli maktabda  “Kitobxon onalar”  mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga mehmon sifatida  Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri bo’lgan  6-sonli maktabning  ona-tili fani o’qituvchisi G.Madreymova va kitobxonlar ishtirok etdi. G.Madreymova ushbu mavzu orqali oiladagi ona ro’lini, ularning bolalar tarbiyasidagi va ilim-fanga bo’lgan qiziqishini targ’ib qilish ona orqali kitob o’qishning ahamiyati va kitobning bolalarning dunyoqarashi shakllantirishdagi o’rni yuqoriligini aytib o’tdi.

Davra suhbati qiziqarli bo’lib o’tdi.