Joriy yilning 17-yanvar kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.
Axborot-kutubxona markazining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21- dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin- qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36- bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona- kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasini “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi. Shu munosabat bilan Taxiatosh tumani 6-sonli maktabda “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga mehmon sifatida Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri bo’lgan 6-sonli maktabning ona-tili fani o’qituvchisi G.Madreymova va kitobxonlar ishtirok etdi. G.Madreymova ushbu mavzu orqali oiladagi ona ro’lini, ularning bolalar tarbiyasidagi va ilim-fanga bo’lgan qiziqishini targ’ib qilish ona orqali kitob o’qishning ahamiyati va kitobning bolalarning dunyoqarashi shakllantirishdagi o’rni yuqoriligini aytib o’tdi.
Davra suhbati qiziqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы