Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning tavallud ayyomi va Zaxiriddin Muxammad Babur tavalludi kuniga bag’ishlab “Alisher  Navoiy  ijodida  komil inson  tarbiyasi”  va “Tarix va meros”  mavzusida kecha tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 7-fevral  kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4-sonli maktab bilan birgalikda Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning tavallud ayyomi va Zaxiriddin Muxammad Babur tavalludi kuniga bag’ishlab “Alisher  Navoiy  ijodida  komil inson  tarbiyasi”  va “Tarix va meros”  mavzusida bayram kechasi bo’lib o’tdi. Kechaga 4-sonli maktabning o’zbek tili fani o’qituvchisi Z.Xudaybergenova, N.Xasamadinova, maktab kutubxonachisi  Z.Orinbaeva va maktabning kitobxonlari ishtirok etishdi.Kechani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi G.Baynazarova ochib berdi va kecha qatnashuvchilarni bugungi bayram bilan tabriklab Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Baburning hayoti va ijodidan qisqa ma’lumotlar aytib o’tdi. Kitobxonlarimiz tomonidan  saxna ko’rinishlari, g’azallari va raqslari bilan kecha mehmonlarini  ma’mnun qildi. Kechada “Alisher  Navoiy  ijodida  komil inson  tarbiyasi”  va “Tarix va meros”  mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.