Joriy yilning, 7-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4-sonli maktab bilan birgalikda Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning tavallud ayyomi va Zaxiriddin Muxammad Babur tavalludi kuniga bag’ishlab “Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” va “Tarix va meros” mavzusida bayram kechasi bo’lib o’tdi. Kechaga 4-sonli maktabning o’zbek tili fani o’qituvchisi Z.Xudaybergenova, N.Xasamadinova, maktab kutubxonachisi Z.Orinbaeva va maktabning kitobxonlari ishtirok etishdi.Kechani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi G.Baynazarova ochib berdi va kecha qatnashuvchilarni bugungi bayram bilan tabriklab Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Baburning hayoti va ijodidan qisqa ma’lumotlar aytib o’tdi. Kitobxonlarimiz tomonidan saxna ko’rinishlari, g’azallari va raqslari bilan kecha mehmonlarini ma’mnun qildi. Kechada “Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” va “Tarix va meros” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы