Joriy yilning, 14-fevral kuni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qismida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda Mir Alisher Navoiy va Shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag’ishlab madaniy va ma’rifiy tadbir va “Zakovat intellektual o’yini” tashkillashtirildi. Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab kitoblar ko’rgazmasi ham tashkillashtirishdi.

Ma’daniy va ma’rifiy tadbirni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qism komandiri o’rinbosari podpolkovnik S.Xudoyarov o’z so’zi bilan boshlab berdi.Ma’daniy va ma’rifiy tadbirning birinchi qismi davomida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli, 6-sonli va 9-sonli maktablar o’z konsert dasturi, she’rlar, kuy-qo’shiqlar, raqslar, g’azallar va sahnali ko’rinishlari bilan tomoshabinlar qalbidan o’rin oldilar.

Tadbirning ikkinchi qismi Zakovat o’yini bo’lib o’yinni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi B.Yusupova olib bordi. Zakovat o’yini hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi D.Utemuratova va 99651-harbiy qism komandiri o’rinbosari podpolkovnik S.Xudayarovlar bo’ldi. Zakovat intellektual o’yinida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktab “Yosh adiblar” jamoasi, 6-sonli maktab “Buyuk siymo” jamoasi, 9-sonli maktab “Berdaq” jamoasi va harbiy qism askarlaridan tarkib topgan “Jasorat” jamoalari ishtirok etib o’z aro bellashdilar.

Hakamlar ha’yati a’zolari natijalariga ko’ra I -o’rinni 6-sonli maktab “Buyuk siymo” jamoasi, II-o’rinni 4-sonli maktab “Yosh adiblar” va 9-sonli maktab “Berdaq” jamoasi va “Jasorat” jamoalari teng ball to’plab III -o’rinni egalladilar. G’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Tadbir so’ngida 99651-harbiy qism tomonidan tadbir tashkillashtiruvda yaqindan yordam berganligi uchun Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasislari va bir qator tashkilotlarni minnatdorchilik bildirib tag’dirlashdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы