Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy va shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomiga bag’ishlab “Ma’daniy va ma’rifiy tadbir” va zakovat o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 14-fevral kuni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qismida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda Mir Alisher Navoiy va Shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag’ishlab madaniy va ma’rifiy tadbir  va “Zakovat intellektual o’yini” tashkillashtirildi. Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab kitoblar ko’rgazmasi ham tashkillashtirishdi.

 

Ma’daniy va ma’rifiy tadbirni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qism komandiri o’rinbosari  podpolkovnik S.Xudoyarov o’z so’zi bilan boshlab berdi.Ma’daniy va ma’rifiy tadbirning birinchi qismi  davomida  Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli, 6-sonli va 9-sonli maktablar o’z konsert dasturi, she’rlar, kuy-qo’shiqlar, raqslar, g’azallar va sahnali ko’rinishlari  bilan tomoshabinlar qalbidan o’rin oldilar.

Tadbirning ikkinchi qismi Zakovat o’yini bo’lib o’yinni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi B.Yusupova olib bordi. Zakovat o’yini hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi D.Utemuratova va 99651-harbiy qism komandiri o’rinbosari podpolkovnik S.Xudayarovlar bo’ldi. Zakovat intellektual o’yinida  Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktab  “Yosh adiblar”  jamoasi, 6-sonli maktab “Buyuk siymo” jamoasi, 9-sonli maktab “Berdaq” jamoasi va harbiy qism askarlaridan tarkib topgan “Jasorat” jamoalari ishtirok etib o’z aro bellashdilar.

Hakamlar ha’yati a’zolari natijalariga ko’ra  I -o’rinni  6-sonli maktab “Buyuk siymo” jamoasi, II-o’rinni  4-sonli maktab  “Yosh adiblar”  va  9-sonli maktab “Berdaq” jamoasi va  “Jasorat” jamoalari teng ball to’plab III -o’rinni egalladilar. G’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Tadbir so’ngida 99651-harbiy qism tomonidan tadbir tashkillashtiruvda yaqindan yordam berganligi uchun Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona  markazi mutaxasislari va bir qator tashkilotlarni minnatdorchilik bildirib tag’dirlashdi.