Joriy yilning, 18-fevral kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 3-sonli maktab kutubxonasiga Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko’chma kutubxona tashkillashtirildi. Ko’chma kutubxona shartnomasiga binoan Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi G.Baniynazarova tomonidan turli nomdagi adabiyotlar shuningdek maktab kitobxonlari va o’qituvchilariga bilimini oshiruvchi kitoblar , psixologik, motivacion, enciklopedik va badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Kitoblarni maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova qabul qilib oldi.Ko’chma kutubxona tashkillashtirish davomida kitoblar taqdimoti ham tashkillashtirildi.O’quvchilar o’zlarining savollariga mutaxasissimiz tomonidan javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы