Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko’chma kutubxona tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 18-fevral   kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 3-sonli maktab kutubxonasiga Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko’chma kutubxona tashkillashtirildi. Ko’chma kutubxona shartnomasiga binoan Axborot-kutubxona markazi  mutaxasissi G.Baniynazarova tomonidan turli nomdagi adabiyotlar  shuningdek maktab kitobxonlari va o’qituvchilariga bilimini oshiruvchi kitoblar , psixologik, motivacion, enciklopedik va badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Kitoblarni maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova  qabul qilib oldi.Ko’chma kutubxona tashkillashtirish davomida kitoblar taqdimoti ham tashkillashtirildi.O’quvchilar o’zlarining savollariga mutaxasissimiz tomonidan javoblar olishdi.