Joriy yilning 14-mart kuni, Taxiatosh tumani 3-sonli maktabda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturini targ’ib etish va “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida “Biz bir zamin va bir Vatan farzandlarimiz” shiori ostida “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.

Uchrashuvda mehmon sifatida “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi rahbari A.Ersaidov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi bosh mutaxassisi T.Seydova, Taxiatosh tumani “Shamchiroq” MFYsida istiqomat qiluvchi nuroniy onalarimiz, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bosh mutaxassisi K.Ernazarova va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari N.Mamutova va B.Yusupova va 3-sonli maktab o’qituvchilari qatnashishdi.
Uchrashuvda mehmonlar o’zlarining ibratli so’zlari bilan yoshlarga o’z tarbiyalarini berib o’tishdi. Shuningdek, uchrashuv 3-sonli maktab va tuman Madaniyat bo’limi bilan birgalikda tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы