Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.

Joriy yilning 14-mart kuni, Taxiatosh tumani 3-sonli maktabda  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturini targ’ib etish va “Mahallada duv-duv gap”  loyihasi doirasida “Biz bir zamin va bir Vatan farzandlarimiz” shiori ostida “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.

         Uchrashuvda  mehmon  sifatida  “Nuroniy” jamg’armasi  tuman  bo’limi rahbari A.Ersaidov, Respublika  Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi bosh mutaxassisi T.Seydova, Taxiatosh  tumani  “Shamchiroq” MFYsida  istiqomat qiluvchi nuroniy  onalarimiz, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bosh mutaxassisi K.Ernazarova va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari N.Mamutova va B.Yusupova va 3-sonli maktab o’qituvchilari qatnashishdi.

Uchrashuvda mehmonlar o’zlarining ibratli so’zlari bilan yoshlarga o’z tarbiyalarini berib o’tishdi. Shuningdek, uchrashuv 3-sonli maktab va tuman Madaniyat bo’limi bilan birgalikda tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.