Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-aprel Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga 689 yil to’lishi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 8-aprel kuni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qismda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavallud ayyomiga 689 yil to’lishi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.Zakovat o’yinini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi.

 

         Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida 99651-harbiy qism guruh komandiri katta leytenant H.Qo’ldoshev  va   Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi D.Utemuratova ishtirok etishdi . 99651-harbiy qism askarlaridan tashkil topgan  “Lochin” jamoasi, “Burgutlar” jamoasi va “Zevs” jamolari o’z aro bellashdilar. Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra  faxrli I-o’rinni “Burgutlar” jamoasi, II-o’rinni “Lochin” jamoasi va III-o’rinni “Zevs” jamoalari egalladi. G’oliblar  diplom bilan taqdirlandi.