Joriy yilning, 8-aprel kuni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qismda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavallud ayyomiga 689 yil to’lishi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.Zakovat o’yinini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi.

Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida 99651-harbiy qism guruh komandiri katta leytenant H.Qo’ldoshev va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi D.Utemuratova ishtirok etishdi . 99651-harbiy qism askarlaridan tashkil topgan “Lochin” jamoasi, “Burgutlar” jamoasi va “Zevs” jamolari o’z aro bellashdilar. Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra faxrli I-o’rinni “Burgutlar” jamoasi, II-o’rinni “Lochin” jamoasi va III-o’rinni “Zevs” jamoalari egalladi. G’oliblar diplom bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы