Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Ixtisoslashtirilgan maktabda “Amir Temur izdoshlari” mavzusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 9-aprel kuni Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  9-aprel buyuk siymo, sarkarda, sohibqiron  Amir Temur  bobomizning tavallud ayyomiga 689 yil to’lishi munosabati bilan “Amir Temur izdoshlari” mazusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.Zakovat intellektual o’yinini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi  B.Yusupova olib bordi.

         Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida  Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi N.Mamutova va Taxiatosh Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaevalar ishtirok etdi. Ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilaridan tarkib topgan “6a-sinf” jamoasi, “6b-sinf” jamoasi, “7a-sinf” jamoasi, “7b-sinf” jamoasi va “7v-sinf” jamoalari o’z aro bellashdilar.Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga  ko’ra  faxrli  I-o’rinni  “7a-sinf” jamoasi, II-o’rinni  “7v-sinf” jamoasi va III-o’rinni “6b-sinf” jamoalari egalladilar. G’oliblar diplom bilan taqdirlandi.