Joriy yilning, 9-aprel kuni Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 9-aprel buyuk siymo, sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning tavallud ayyomiga 689 yil to’lishi munosabati bilan “Amir Temur izdoshlari” mazusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.Zakovat intellektual o’yinini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova olib bordi.

Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi N.Mamutova va Taxiatosh Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaevalar ishtirok etdi. Ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilaridan tarkib topgan “6a-sinf” jamoasi, “6b-sinf” jamoasi, “7a-sinf” jamoasi, “7b-sinf” jamoasi va “7v-sinf” jamoalari o’z aro bellashdilar.Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra faxrli I-o’rinni “7a-sinf” jamoasi, II-o’rinni “7v-sinf” jamoasi va III-o’rinni “6b-sinf” jamoalari egalladilar. G’oliblar diplom bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы