Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalar oromgohida «Milliy qadriyatlar» kuni munosabati bilan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Joriy yilning 22-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar dam olish oromgohida dam olayotgan bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli va maroqli oʻtkazish va ular orasida qiziqarli oʻyinlar tashkillashtirish maqsadida «Milliy qadriyatlar» kuni munosabati bilan ko’rgazma va milliy raqs oʻyinlari tashkil etildi. Bu ko‘rgazmada Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining ko‘chma kutubxonasi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bundan maqsad, oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari va iqtidorlarini namoyish etish va toʻgaraklarga oʻquvchilar qamrovini yanada oshirishdan iboratdir.

Bayram tadbiriga oromgohdagi barcha bolalar va tarbiyachilar ishtirok etdilar va ular tomonidan har-hil raqslar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, oromgoh bolalari va tarbiyachilari kitoblar ko‘rgazmalari va tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan qo‘l mehnatlaridan iborat ko‘rgazmalar bilan tanishib chiqdi.