2025-yil 13-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB UZBEKISTAN-2025” XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida Axborot-bibliografiya xizmati xodimi J.Kadirbaeva tomonidan MTMTBga qarashli 6-sonli maktabning faol kitobxonlari bilan birgalikda «Kitob millatning biybaho, ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Dunyodagi har qanday yangilik, vaqt o‘tishi bilan eskirishi mumkin. Lekin, insoniyatning ming yillar davomida qo‘lga kirgizgan aqliy va tuganmas durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar hech qachon eskirmaydi.
Inson bu dunyoga kelip, esini taniganidan boshlab atrofni anglashda, umrining maqsadini tushinishida unga yordam beradigan eng yaqin yordamchi – bu kitob bo‘lib hisoblanadi. Kitob oʻz mavqeyiga qarab qalbni tiriltiruvchi, haqiqatni bildiruvchi, insonni tarbiya qiluvchi, jamiyatni poklovchi bir omildir.
Davra suhbatiga 6-sonli maktabning faol kitobxonlari va kutubxonachisi J.Duysenbaeva qatnashdi. Davra suhbati davomida Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati xodimi J.Kadirbaeva kitobxonlarga, kitob, kitobxonlik – arab so‘zidan olingan bo‘lib, kitob – yozaman, yozish, kitobxonlik – diqqat bilan o‘qish, urganish ma’nosini bildirishini aytib o’tdi. Biz yaxshi bilamiz, kitoblar asrlar davomida uch bosqichni bosib o‘tgan. 1. Papirus, 2. Pergament, 3. Qog’ozli bosqich bo‘lsa, 4. Bizning davrimizda kitoblar to‘rtinchi, ya’ni elektron bosqichni o‘tkazmoqda. Biz hech qachon kitob o‘qimay turib, ulug’ ishlarni yarata olmaymiz. Yaxshi kitoblarni o‘qiganda zehning ochiladi, ruxlanib umrga degan qiziqishingiz ortadi. Kitobxon insonlardan hech qachon yomonlik chiqmaydi deb aytib o‘tdi. Davra suhbati so’ngida kitobxonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы