Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob millatning biybaho, ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

2025-yil  13-noyabr  kuni  Taxiatosh  tumani Axborot-kutubxona  markazida  “INFOLIB  UZBEKISTAN-2025” XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida Axborot-bibliografiya xizmati xodimi J.Kadirbaeva  tomonidan  MTMTBga qarashli 6-sonli maktabning  faol kitobxonlari  bilan birgalikda   «Kitob millatning biybaho,  ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.  Dunyodagi har qanday yangilik, vaqt o‘tishi bilan eskirishi mumkin. Lekin, insoniyatning  ming  yillar  davomida  qo‘lga  kirgizgan aqliy va tuganmas durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar hech qachon eskirmaydi.

Inson bu dunyoga kelip, esini taniganidan boshlab atrofni anglashda, umrining  maqsadini  tushinishida  unga  yordam beradigan eng yaqin yordamchi – bu kitob bo‘lib hisoblanadi. Kitob oʻz  mavqeyiga qarab qalbni tiriltiruvchi,  haqiqatni bildiruvchi, insonni tarbiya qiluvchi,  jamiyatni poklovchi bir  omildir.

Davra  suhbatiga  6-sonli maktabning  faol  kitobxonlari  va  kutubxonachisi  J.Duysenbaeva  qatnashdi.  Davra suhbati davomida Axborot-kutubxona markazining  Axborot-bibliografiya xizmati xodimi J.Kadirbaeva kitobxonlarga,  kitob,  kitobxonlik – arab so‘zidan olingan bo‘lib, kitob – yozaman, yozish, kitobxonlik – diqqat bilan o‘qish, urganish ma’nosini bildirishini  aytib o’tdi.  Biz yaxshi bilamiz, kitoblar asrlar davomida uch bosqichni bosib o‘tgan. 1. Papirus, 2. Pergament, 3. Qog’ozli bosqich bo‘lsa, 4. Bizning davrimizda kitoblar to‘rtinchi, ya’ni elektron bosqichni o‘tkazmoqda. Biz hech qachon kitob o‘qimay turib, ulug’ ishlarni yarata olmaymiz. Yaxshi kitoblarni o‘qiganda zehning ochiladi, ruxlanib  umrga degan qiziqishingiz ortadi.  Kitobxon insonlardan hech qachon yomonlik chiqmaydi deb aytib o‘tdi. Davra suhbati so’ngida kitobxonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga  javoblar oldi.