Joriy yilning 13-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani “Kelajak markazi” bolalar maktabi kitobxonlariga “Ma’rifatparvar jadidlar izidan” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova olib bordi. Suhbatga “Kelajak markazi”ning “Oila hamshirasi” to‘garagi kitobxonlari va to‘garak rahbari G.Qutlimuratova, “Bichish, tikish” to‘garagi rahbari N.Xaybullaeva va to‘garak kitobxonlari ishtirok etishdi.
Bunda, jadidlarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat kabi ko‘plab ziyolilar tomonidan gazeta va jurnallar chiqarilganligi, maktablar ochilganligi, teatr va adabiyot orqali xalqni uyg‘otishga harakat qilganlari shuningdek, “Jadidlar” kitobida ana shu buyuk ma’rifatparvarlarning hayoti, faoliyati, maqsad va g‘oyalari haqida batafsil ma’lumot berilganligi N. Mamutova tomonidan aytib o‘tildi. Bundan maqsad – jadidlar kitobi orqali yoshlarimizni jadidlar merosi bilan tanishtirish, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan va jadidlarning millat ravnaqi, erkin fikr va taraqqiyot yo‘lida qilgan fidokorona mehnatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir. Asarda ularning ilm-ma’rifat, milliy uyg‘onish va mustaqil fikrlash haqidagi qarashlari keng yoritilgan. Jadidlar bizga ilm olish, vatan ravnaqi uchun xizmat qilish, millat kelajagi uchun mas’uliyat bilan yashash kerakligini o‘rgatadi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы