Inson kamoloti va bilimning manbai kitob bilan bog’liq. U insonni komillik sari etaklaydi. Darxaqiqat, bu ma’naviy sarchashma o’quvchilarning dunyoqarashini boyitadi ., nutqini o’stirib xotirasini mustaxkamlaydi. Kitob maslaxatchi, sadoqatli xamrox, eng yaqin do’st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o’rni muhim. Hamma asrlarda bo’lgani kabi ayni davrda ham yoshlarni Vatanga muxabbat, yurtga sadoqat ruxida tarbiyalashda badiiy adabiyotning o’rni beqiyos. Kitob o’qigan bola o’z bilimi, dunyoqarashi, ruxiyati va ma’naviyatini boyitib olamni teran anglay boshlaydi. Xayot va go’zallikni qadrlashni, ajdodlarimizni me’rosini asrab avaylashni o’rgatadi. Oilalarida kitobga muxabbat, kitobni asrab-avaylash va kitobxonlik qadimiy an’nalardan biri bo’lib, xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim o’rin tutib kelmoqda va muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish va ularni qo’llab-quvatlash maqsadida alohida e’tibor qaratmoqda. 2022-yil 18-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillardagi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 781-sonli qarorining 6-bandida aprel oyida “Kitobxonlar haftaligi”ni o’tkazish belgilangan. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, Taxiatosh tumanida «Kitobsevar millat» shiori ostida, tuman hokimligi, tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’linmasi bilan hamkorlikda «Kitobxonlik haftaligi» ning ochilish marosimi o’tkazildi. Ochilish marosimidan oldin, kitobxon yoshlar va ishtirokchilar nazariga kutubxona tamonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, kutubxonamizdagi yangi kelgan kitoblar bilan tanishtirildi. «Kitobxonlik haftaligi» ning ochilish marosimiga, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi rahbari B.Palo’aniyazova, tuman Xalq ta’limi bo’limining darsliklar bo’yicha metodisti B.Kamalova, “Taqыyatas xabarlarы” redaktorы T.Shamekova va nuroniylar va Xalq ta’limi bo’limiga qarashli maktablarning ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi va kutubxonachilari, kitobxon yoshlar qatnashdi. «Kitobonlik haftaligi»ning ochilish marosimin Taxiatosh tumani Axborot- kutubxona markazi direktori N.Sultanova ochib berib, bugungi tadbirning maqsadi va vazifalari to’g’risida tushinchalar berilib, bir hafta davom etadigan «Kitobxonlik haftaligi»ga barcha yoshlarni faol ishtirok etishlarini bildirib o’tdi. Shuning bilan birga, B.Palo’aniyazov, B.Kamalova, T.Shamekovalar bugungi kunda yoshlarimizning kitobga bo’lgan qiziqishi kundan kunga ortib barayotganligi, har tomonlama etuk inson bo’lib tarbiyalanishda kitobning o’rni alohida ekanligi takidlab o’tib, o’z fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida, kitobxon yoshlarning ishtirokida kuy – qo’shiqlar ijro etildi, qiziqarli viktorina savol-javoblar o’yini o’tkazildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы