
2022-yilning 19-avgust kuni, “Yangi O’zbekistanda el aziz, inson aziz” shiori ostida “ Ma’naviyat festivali” bo’lib o’tdi. Bunda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yozuvchi-shoirlar, san’atkorlar-aktyorlar Taxiatosh tumanida mehmonda bo’ldi. Kelgan mehmonlarga bolalarning qo’llari bilan yaratilgan har xil buyimlardan, shuning bilan birga Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tayyorlangan kitoblar ko’rgazmasi bilan tanishtirildi. “Ma’naviyat festivali” davomida Taxiatosh tumani hokimi I. Matkarimov so’zga chiqib bugungi festival bilan kelgan mehmonlarni tabrikladi va o’zining eng yaxshi fikrlarin aytib o’tdi. Kelgan mehmonlarda o’z navbatida qoraqalpoq va o’zbek xalqlarining birdamligi, yurtimizning tinchligi haqida samimiy fikrlarin aytib, nuroniylarimiz bilan suhbatlashdi va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kuy – qushiqlar aytilib festival yuqori saviyada davom etdi.


Kelgan mehmonlarning nazaridan shu erda dam olib yurgan bolalarning e’tiboridan chetda qolmadi. Aktyor Hamid Toshpo’latov bolalar bilan suhbatlashib, qo’shiqchilar tomonidan qushiqlar ijro etilib, kelajakda yaxshi insonlar bo’lib kamalga kelishi uchun kitoblar o’qishlar kerakligi aytildi, yoshlarga kitob o’qishda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev tomonidan ko’plab shart-sharoitlar yaratilganligi alohida tilga olinib aytib o’tildi. Bolalarga da kutubxona tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, bolalarning kitob haqidagi fikrlari tinglandi, tuman kutubxonasining yutuqlari “O’zbekiston 24” telekanali e’tiboridan chetda qolmadi va Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D. Xalbaeva tomonidan “Ochiq byudjet”dan kitobxon yoshlarimizning tashabbusi bilan 300mln so’m mablag’ yutub olinganligi va ushbu mablag’ga kitoblar olinib, kitob o’quvchilarimizning kutubxonaga keluvchilar soni kundan-kunga ortib borayotganligin aytib o’tdi. Mazmunli va qiziqli o’tkazilgan uchrashuvlar bolalarning quvonchiga-quvonch bag’ishladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы