Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Eng yaxshi kitobxon harbiy oila tanlovi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Taxiatosh tumani 99651 sonli harbiy qismda harbiy oilalar ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon oila tanlovi bo’lib o’tdi. Unda, 99651 sonli harbiy qism madaniyat markazi boshlig’i-kutubxonachisi 3-darajali serjant I.D.Jumabaev, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi abonenment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva,B Yusupovalar ishtirok etdi.         Tanlav shartlariga ko’ra  uch bosqishdan iborat bo’lib, bunda birinchi tanishtiruv sharti, ikkinchi biz kitobxon oila sharti, uchinchisi ba’diy va ma’naviy savodxonlik bellashuvi bosqichlaridan iborat ekanligini 99651 sonli harbiy qism madaniyat markazi boshlig’i-kutubxonachisi 3-darajali serjant I.D.Jumabaev tanishtirib o’tdi. Undan so’ng, bellashuvga start berilib ishtirokchi oilalardan Yakupovlar oilasi, Ro’zimovlar oilasi, Axmadovlar oilasi bugungi tanlov ishtirokchilari ekanligi jyuriy a’zolari tomonidan tanishtirib o’tdi va ushbu oilalar uchta shart bo’yicha bellashdi. Tanlov davomida, kitobxon oilalar birinchi shart bo’yicha  o’zlarining oilalari to’g’risida ma’lumot berib musiqali va she’riy tarzda tanishtirdi. Ikkinchi shart bo’yicha, o’zlari tanlagan kitoblarning mazmun mohiyatini ifodali-ba’diy tarzda sharxlab berdi. Uchinchi shart bo’yicha, ba’diy va ma’naviy savodxonlik bellashuvida, o’zbek va jahon adabiyotlariga oid kitoblarning mazmun mohiyoti, g’oyasi va ahamiyati, tavsiya etilgan ulug’ allomalar haqida ma’lumotlarni tanlov ishtirokchilari tomonidan sharxlab berdi va sharxlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Axborot-kutubxona markazining, abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish  xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan tanlovdagi kitoblarning ro’yxatida ilova qilingan kitoblardan qo’shimcha savollar berildi. Ishtirokchilar bellashuvi natijasida to’plangan ballar e’lon qilinib, birinchi o’rinni Yakupovlar oilasi,ikkinchi o’rinni Ro’zimovlar oilasi, uchinchi o’rinni Axmadovlar oilasi belgilangan o’rinlarni egalladi. Tanlov oxirida g’olib bo’lgan uchta oilaga diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi va D.Xalbaeva va B Yusupovalarga 99651-sonli harbiy qism tomonidan Minnatdorchilik bildirildi.