Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Satirik yozuvchisi, dramaturg va kinotsenarist Muratbay Nizanovning “Qaraqalpaqlar” I-II kitoblari bo’yicha kitob taqdimoti o’tkazildi.

Joriy yilning 22-noyabr kuni Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida Axborot-kutubxona markazi tomonidan qoraqalpoq satirik yozuvchisi, dramaturg va kinotsenarist Muratbay Nizanovning “Qaraqalpaqlar” I-II kitoblari bo’yicha kitob taqdimoti o’tkazildi. Bundan maqsad, yozuvchi M.Nizanovning “Qaraqalpaqlar” kitobi bo’yicha kitobxonlarga to’liq ma’lumot berish, kitobni targ’ib qilish, kitobning mazmuni va ahamiyati bo’yicha ma’lumotlar berishdan iborat.  Taqdimotga Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari D.Xalbaeva va A.Vaysovalar, Ixtisoslashtirilgan maktabning Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari O’.Xakimova, Kasb-hunar maktabi kutubxonachisi M.Babajanovalar qatnashdi.

Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva o’quvchilarga kutubxona haqida to’liq ma’lumot berib, kutubxonaga a’zo bo’lish tartibi, kutubxonada har hil o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, jahon adabiyotlarining mavjudligini, ulardan olib o’qishlarini taklif etdi.

Undan so’ng, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan yozuvchi M.Nizanovning “Qaraqalpaqlar” kitobi bo’yicha ma’lumotlar berib, yozuvchining tug’ilgan yili, hayoti va ijodi,  uning birinchi “Qaraqalpaqlar” kitobi roman-essesi qoraqalpoq  xalqining kelib chiqishi, tarixi, o’tmishdagi turmush tarzi, dasturlari, urf-odatlari, o’tkan asrdagi yozuvchi, shoirlari, shuning bilan birga, xalqimiz orasida keng tarqalgan naql-maqollarga ma’nolar, milliy taomlari va boshqada siz va biz bilmagan ma’lumotlarning yozilganligi, ikkinchi kitobi bo’lsa birinchi kitobining davomi bo’lib kitobda Rossiya imperiyasi davridagi qoraqalpoqlarning o’ng va chap bo’lib ikkiga bo’linishi, o’sha davrdagi xalqning boshidan kechirgan qiyinchiliklari va yutuqlari, qoraqalpoq millatiga xos an’analar, o’sha davrdagi xalq og’zaki ijodi durdonalari, yozuvchi va shoirlarning ijodlari, o’sha davrning mashhur insonlari, tarixiy obidalar, qiziqarli ma’lumotlar haqida tayorlangan slayd yordamida ko’rsatib, tushunchalar berib o’tdi.

Taqdimot davomida o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.