Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

1-dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan «Ana tilim – maqtanıshım» mavzusida tadbir kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 25-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Taxiatosh tumani MTBga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining katta gurux bolalari bilan birgalikda 1-dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan «Ana tilim – maqtanıshım» mavzusida tadbir kechasi tashkillashtirildi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova kutubxonada bolajonlar uchun qiziqarli, rang-barang ertak kitoblarning borligi, ularni ota-onalari yoki tarbiyachi opalari bilan birgalikda kelib olishlari haqida aytib, 1-dekabr qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunining 33 yilligi bilan tabriklab, tilga bag’ishlangan naql-maqollar shuning bilan birga qoraqalpoq yozuvchi va shoirlari haqida ma’lumotlar aytib o’tdi.  Gurux tarbiyachisi F.Janabaeva  bolalarga ona tilmizni davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, qatorida turadigan muqaddas davlat ramzi ekanligini aytib o’tdi. Keyingi navbat gurux bolalariga berilib, ular ona tilimiz haqida yod olgan she’rlari va qo’shiqlarini aytib berdi. Tadbir so’ngida bolalar tarbiyachi opalari F.Janabaeva,  G.Ernazarovalar  bilan birgalikda kutubxonaning ko’rgazmalari bilan tanishib, kitoblarni ko’rib tamosha qilishdi.