Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Qoraqalpoq shoiri Berdaq G’arg’abay o’g’lining 195 yilligiga bag’ishlab «Berdaq shayır milliy mádeniyatımızdıń bayteregi» mavzusida tadbir kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 25-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani 7-sonli umumta’lim maktabida Qoraqalpoq shoiri Berdaq G’arg’abay o’g’lining 195 yilligiga bag’ishlab «Berdaq shayır milliy mádeniyatımızdıń bayteregi»  mavzusida tadbir kechasi tashkillashtirildi. Tadbirni maktabning Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Seydalieva ochib berdi va Berdaq shoirning qoraqalpoq adabiyotidagi o’rni, uning ijodi insonlar ko’nglidan o’rin olganligini aytib o’tdi. Tadbirga Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova, Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova, maktabning kutubxonachilari K.Soegbaeva, I.Ayapbergenovalar va maktabning 6-8 sinf o’quvchilari qatnashdi.  Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova Berdaq shoirning ya’niy uning to’liq ismi Berdimurat G’arg’abay o’g’lining 1827-yili tavallud topganligi, ota-onasidan erta etim qolganligi, mehnatkash xalq bilan birga bo’lib, ularning qiyinchilik u quvonchli kunlaridagi voqealarini o’zining asarlarida aks ettirganligi,   shoirning «Xalıq ushın», «Jaqsıraq», «Ernazar biy», «Amangeldi» nomli va undan boshqa barcha asarlari xalq uchun yozilganligini asar nomidanoq bilishimiz mumkinligini aytib o’tdi. Keyingi navbat Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova Berdaq G’arg’abay o’g’lining hayoti va ijodidan tayorlangan savol-javoblarni o’qib eshittirdi. Har bir javobdan so’ng, javobni to’liqtirish maqsadida o’quvchilar bilan birgalikda suhbatlashdi.  Tadbir so’ngida o’quvchilar Berdaq shoirning she’rlaridan aytib, tayorlagan kontsert dasturini taqdim etdi.