Joriy yilning 6 dekabr kuni Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskanida 8 dekabr «O’zbekiston Respublikasinning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi» to’lishi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bilan homkorlikda yoshlarning bosh qomusimiz Konstitutsiyaga bo’lgan bilim salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o’yini va bayram kechasi tashkillashtirildi.“Zakovat” intellektual o’yinini Taxiatosh tumani Adliya bo’limi vaqtincha raisi vazifasini boshqaruvchi J.Seytikov ochib berdi. U o’z so’zida Konstitutsiya– davlatning asosiy qonuniligi, u davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o’zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab berishi, faqatgina bizning mamlakatimizda o’quvchilarning bepul bilim olish huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, maktab ishlari davlat nazoratida ekanligi haqida gapirib o’tdi.“Zakovat” intellektual o’yinida tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bilim olayotgan kitobxon yoshlari “Zukkolar”, “Fimida, “Yuristlar” va “Bilimdon” jamoalari o’z-aro bellashdilar. “Zakovat” savollari asosan, Konstitutsiya kitobiga oid savollardan tuzilgan bo’lib, kitobxon yoshlar o’zlarining talabchanligi, chaqqonligi, bilimdonligi bilan ajralib turardi. Jami 25 ta savol tuzilib ularning 22ta savolga to’g’ri javob bergan “Fimida” 1-o’rin, “Bilimdon” jamoachi 18ta savolga to’g’ri javob berib 2-o’rin, “Zukkolar” va “Bilimdon” jamoalari 16ta savolga to’g’ri javob berib 3-o’rinni egalladilar.“Zakovat” intellektual o’yinidan so’ng, bayram kechasi bo’lib o’tdi.Bayram kechasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari B.Paluaniyazov, Taxiatosh tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori S.Otepov, tuman Axborot – kutubxona markazi xodimlari A.Toreniyazova , D.Xalbaeva, A.Vaysovalar ishtirok etishdi. Kecha davomida iqtidorli yoshlarning sahnaviy chiqishlari va kontsert dasturi bilan davom etdi. Kecha so’ngida “Zakovat” intellektual o’yinida faol qatnashgan jamoa sardorlari fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы