Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi

Joriy yilning 15 dekabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligi “Nuroniy jamg’armasi” homiyligida Taxiatosh tumani 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.          Uchrashuv kechasi o’tkazilishidan avval, tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Kitoblar ko’rgazmasida,   Berdaq mukofoti laureati Muratbay Nizanov,  Xo’jayli tumani Mudofaa ishlari bo’limi faxriylar Kengashi rahbari, “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati a’zosi Oserbay Nurjanov kutubxonadagi kitoblar bilan tanishib, bugungi kunda yoshlarni kitobga qiziqtirish mavzusida fikrlar almashildi. Shuning bilan birga ko’rgazmadagi kitoblardan M.Nыzanovning «Qaraqalpaqlar» kitobining ikkinshi kitobi kitobxonlar tomonidan eng ko’p o’qilgan kitoblardan biri ekanligi kutubxona mutaxassislari tomonidan aytib o’tildi. Kechani tashkil etishdan ko’zlangan maqsad nuroniy otaxonlar, munis onaxonlar va el-yurt xizmatiga bel bog’lab, vatanimiz ravnaqiga o’z hissalarini qo’shib kelayotgan fidoyi insonlar jasoratini o’sib kelayotgan Yangi O’zbekistonni qurishda kamarbasta yosh avlodga ko’rsatishdan iborat bo’lib, uchrashuvda Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vaziri o’rinbosari T.Abdijabarov chiqib, o’z nutqida kechamiz mehmonlarining jasorati yoshlarga ibrat bo’lishini aytib o’tdi. Kechada O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti, nuroniy onaxonimiz Rayxan Saparova, Qoraqalpog’iston xalq artisti, hoji onamiz Biybiraba Utepbergenova, Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi, Berdaq mukofoti laureati Muratbay Nыzanov, Xo’jayli tumani Mudofaa ishlari bo’limi faxriylar Kengashi rahbari, “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati a’zosi Oserbay Nurjanov, vatanimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarib kelayotgan Osiyo chempioni Mansur Chashimov va “Sanovar Raxmanova” fermer xo’jaligi rahbari, Qoraqalpog’istonga xizmat ko’rsatgan paxtakor Qizlargul Jumamuratova mehmonda bo’lib,  yoshlar bilan suhbat o’tkazib, tuman Madaniyat bo’limi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturini tomosha etdilar.