2022-yil 20-dekabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi Yusupova Bibisara tomonidan Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 8-sonli umumta’lim maktabining o’qituvchisi Salamatova Galiya va ma’naviy marifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Jiemuratova Gulnaz boshchiligida 10-sinf o’quvchilariga zakavot intellektual o’yini o’tkazildi, unda quyidagi jamoalar ishtirok etdi. Bular «Jayhun», «Univer», «Bayterek» va «Ziyrekler». Zakovat o’yini asli aqlni charxlovchi o’yin hisoblanadi, bundan maqsad o’quvchilarning bilimini, aqlini, zehnini sinash hisoblanadi. Bu o’yin odil va juda qiziqarli o’tdi va unda jamao kuchlari teng bo’lib do’stlik g’alaba qozondi. Har savol berilganda o’quvchilar savolga tobqirligi bilan juda tez javob berdilar va zakovat o’yinimiz o’z yakuniga yetdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы