2022-yil 22-dekabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining, Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi M.Xojantaeva tomonidan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatin rivojlantirish» bo’yicha «Kitobxonlikni bolalikdan boshlaymiz» shiori ostida tumanimizdagi 13-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida, maktabga tayyorlash guruhi bolalari bilan «Tanishing yangi bolalar adabiyoti» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, «Jek Baxtini izlab» va «Kekgaygan sichqon» kitobidan rasmli ertaklarning mazmuni aytib berildi. Shuning bilan birga, Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan, maktabga tayyorlash va o’rta guruh bolalariga kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirib, ushbu guruh bolalariga «Antiqa kosa» va «Baliqchi bola» ertagi aytib berildi. Undan so’ng, D.Utemuratova bolalar bilan ertak kahramonlari to’g’risida suhbatlashdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы