Bugun,28-dekabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan buyuk ajdodimiz — yirik olim va faylasuf Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligin nishonlash va o’tkazish bo’yicha kitobxonlarning ishtirokida suhbat o’tkazildi.
Suhbat davomida, M.Kadirov tomonidan Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi bo’yicha aytib o’tdi.
Bunda, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorezmning qadimgi shahri Kot shahrida tavallud topganligi, uning nasl-nasabida “berun” so’zi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa “tashqi shaharda yashovchi kishi” ma’nosini bildirishi, Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo’lganligi, Beruniy so’nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirib, Beruniyning o’z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi, katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokognoziya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratganligi aytib o’tildi.
Shuning bilan birga, kutubxonadagi Baxtiyor To’raevning Abu Rayhon Beruniy kitobidan kitobxonlar ishtirokida savol-javob o’tkazildi. Bunda, u zot kim ekanligi, qachon va qaerda tug’ilganligi, qanday oilada voyaga etkanligi, qanday davr va muhitda yashaganligi, ustozlari tug’risida,Beruniyning yozgan asarlari singari savollar berilib, kitobxon yoshlar tomonidan javoblar qaytarildi.
Bugungi kitobxon yoshlar bilan o’tkazilgan suhbat mazmunli va qiziqarli tarzda yakunlandi.
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы