Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!”

26-dekabr kuni, Mudofaa Vazirligiga qarashli Qaraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan harbiy qism tashabbusi bilan tuman markaziy sport maydonida Taxiatosh tuman hokimligi va Хalq ta’limi bo‘limi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekiston mustahkam qalqonidir!” shiori ostida Taxiatosh tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11 sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida harbiy qism komandiring kubogi uchun harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishga qaratilgan keng qamrovli harbiy vatanparvarlik festivali tashkil etildi. O‘quvchi yoshlar bilan ishlash tizimini targ‘ib qilishga qaratilgan festivalning avvalida harbiy qism mas’ul ofitserlari tomonidan yoshlarda qat’iy hayotiy pozitsiyani hamda Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish, tinchlik va havfsizlikni ta’minlash, yot g‘oyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashishni hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tanlov shartlari bo’yicha tanishtirilib o’tildi.

1) “Mohir  mergan”;

2) “ Harbiylashtirilgan estafeta”;

3) “ Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish”;

4) “Safda qo‘shiq aytish”;

5) “Temur tuzuklari bilimdoni”;

Tanlovning 5-shartida Axborot-kutubxona markazi tomonidan toyorlangan “Temur tuzuklari bilimdoni” kitobidan savol-javoblar sharti o’tkazildi. Ushbu shart bo’yicha tumanning 2-sonli maktab o’quvchilari g’olib bo’ldi.

Tanlov davomida harbiy xizmatchilar tomonidan taqdim etilgan qo‘l jangi chiqishlari va zamonaviy qurol – aslaha va harbiy texnikalar namoyishi o‘quvchi-yoshlarining olqishiga sazovor bo‘ldi.

Yuqori kayfiyat bilan boshlangan harbiy vatanparvarlik festivali davomida o‘quvchi-yoshlarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirishga yo‘naltirilgan “Mard askar yoshlarga na’muna” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Umuman olganda, keng qamrovli harbiy vatanparvarlik festivali yoshlarni ertangi kunga bo‘lgan ishonchini, o‘zlaridagi iste’dod va iqtidorini namoyon etish va eng muhimi, yurt ravnaqi uchun daxldorlik hislarini dillarida tuydi.

Tadbir so‘ngida o‘z iste’dodini namoyon etgan faol yoshlar hamda sport musobaqalari g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar va esdalik nishonlar bilan taqdirlandilar.