O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-dekabr kungi «Yoshlar turizm haftaligi» doirasida tadbirlarni tashkillashtirish va o’tkazish haqida»gi 130-sonli bayonnomasini o’rinlash va 8-bantida har kuni «Kitobxonlik kuni»ni yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tuman bo’linmasi va Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda Taxiatosh tumanida joylashgan 99651-sonli harbiy qismda Satirik yozuvchisi, dramaturg va kinotsenarist Muratbay Nizanovning “Qaraqalpaqlar” I-II kitoblari bo’yicha kitob taqdimoti o’tkazildi. Tadbirni harbiy kism xizmatchisi B.Buxariev ochib berdi.
Undan so’ng, tuman Ma’naviyat markazi rahbari B.Paluaniyazov qaror bilan tanishtirib, kitob o’qish orqali inson ma’naviy oziq olishi, yuksalishi, kitob o’qishning inson uchun foydasi haqida aytib, harbiy qismdagi askarlarni kitob o’qishga chaqirib qoldi.
Keyingi so’z navbati tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysovaga berilib, u o’z so’zida yozuvchi M.Nizanovning “Qaraqalpaqlar” kitobi bo’yicha ma’lumotlar berib, yozuvchining tug’ilgan yili, hayoti va ijodi, uning birinchi “Qaraqalpaqlar” kitobi roman-essesi qoraqalpoq xalqining kelib chiqishi, tarixi, o’tmishdagi turmush tarzi, dasturlari, urf-odatlari, o’tkan asrdagi yozuvchi, shoirlari, shuning bilan birga, xalqimiz orasida keng tarqalgan naql-maqollarga ma’nolar, milliy taomlari va boshqada siz va biz bilmagan ma’lumotlarning yozilganligi, ikkinchi kitobi bo’lsa birinchi kitobining davomi bo’lib kitobda Rossiya imperiyasi davridagi qoraqalpoqlarning o’ng va chap bo’lib ikkiga bo’linishi, o’sha davrdagi xalqning boshidan kechirgan qiyinchiliklari va yutuqlari, qoraqalpoq millatiga xos an’analar, o’sha davrdagi xalq og’zaki ijodi durdonalari, yozuvchi va shoirlarning ijodlari, o’sha davrning mashhur insonlari, tarixiy obidalar, qiziqarli ma’lumotlar haqida tayorlangan slayd yordamida ko’rsatib, tushunchalar berib o’tdi.
Tadbir so’ngida, askarlar qiziqtirgan savollariga Ma’naviyat markazi rahbari B.Paluaniyazov tomonidan javoblar oldilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы