Joriy yilning 10-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan 99651 sonli harbiy qismda, harbiy qism xizmatchilari va oddiy askarlar ishtirokida, vatanparvarlik oyligi doirasida “Milliy armiyamiz yangi O’zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida “Temur tuzuklari bilimdoni” musobaqasi tashkillashtirildi.


Bunda, 99651 sonli harbiy qism komandir o’rinbosari kapitan Sh.Sobirov, madaniyat markazi boshlig’i-kutubxonachisi 3-darajali serjant I.D.Jumabaev, Axborot-kutubxona markazi abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva, M.Xojantaeva, Ma’lumot – bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova ishtirok etdi.

Tanlov shartlariga ko’ra uch bosqichdan iborat bo’lib, bunda birinchi shart, “Temur tuzuklari” kitobidan savollar, ikkinchi shart adabiy va mantiqiy savollar, uchinchi shart krоssvord savollaridan iborat bo’lib bunda,”Temur izdoshlari”, “Etakchi” va “O’zbekiston qalqonlari” komandalar o’z-aro bellashdilar. Ishtirokchilar bellashuvi natijasida to’plagan ballar e’lon qilinib, birinchi o’rinni “Etakchi” komandasi, ikkinchi o’rinni “O’zbekiston qalqonlari” komandasi, uchinchi o’rinni “Temur izdoshlari” komandasi belgilangan o’rinlarni egalladilar. Tanlov oxirida ishtirok etgan barcha komandalar diplom bilan va g’olib bo’lgan komanda sovg’a bilan taqdirlandi, 99651 sonli qism xizmatchilari Axborot – kutubxona markazi xodimlariga o’z Minnatdorchiligini bildirdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы