MUSO TOSНMUHAMMAD OYBEK
(1905-1968)
Oybek – Oybek tahallusi ostida ijod qilgan shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad. Shuro davri o’zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan ulug’ adib, shoir, olim va jamoat arbobi Oybek (Muso Toshmuhammad o’g’li) 1905 yil 10-yanvarda Toshkent shahrida bo’zchi oilasida dunyoga kelgan. Oldin o’rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent pedtexnikumida ta’lim oldi. So’ngra O’rta Osiyo Davlat dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida o’qishni davom ettirdi. Leningradtagi Plexanov nomidagi Xalq xo’jaligi institutida tahsil ko’rdi. 1930yili O’rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars beradi.
Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «To’yg’ular» she’riy to’plami bilan kirip keladi. Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «O’ch» (1932), «Baxtigul va Sog’indiq» (1933), «Temirchi jo’ra» (1933) poemalari o’z davrining she’riy solnomalaridandir. O’ning yigirmadan ortiq dostonlari bo’lib, tarixiy zamonaviy va xorijiy mavzularda yaratilgan.
O’zbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qo’zg’oloni yozuvchining «Qutlug’ qon» (1940) romanida zo’r mahorat bilan realistik ifodalangan. Adibning ikkinchi yirik tarixiy asari «Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda o’zbek adabiyotida birinchi bo’lib, ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so’nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ulug’ Vatan urushida erishilgan g’alaba aks ettirilgan. Adibning «Ulug’ yo’li» (1967) asari esa «Qutlug’ qon» romanining mantiqiy davomi bo’lib, unda yozuvchi milliy ongning shakllanishini mahorat bilan ko’rsata olgan.
Oybek 1943 yilda Pokistonga sayoxat qildi. Adib Pokiston xayotini, fikr va to’yg’ularini, kura shva intilishlarini «Pokmston hotiralari» ocherklarida, qator she’rlarida, «Zafar va Zahro», «Haqguylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib» povestida tasvirladi. Avtorning avtobiografik povesti «Bolalik» 1963 yilda yaratildi. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso ya’ni Oybekning o’zidir. Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo’libgina qolmay, mashhur olim, davlat va jamoat arbobi, publitsist tanqidchi va tarjimon hamdir.
O’zbek kitobxoni Pushkinning «Evgeniy Onegin», Lermontovning «Maskarad» asarini, antik Rim adabiyoti namunalarini armon eposi «Sosunli Dovud»ni Oybek tarjimasida o’qishga muyassar bo’lgan.
Oybek 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi va 1950yilgacha Akademiyada ijtimoiy fanlar bo’limining raysi lavozimida ishladi. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo’shgan ustozdir.
Ulkan adib «Navoiy» romani uchun Ittifoq Davlat mukofoti laureati bo’ldi, bir necha orden va medallar bilan taqdirlandi. U O’zbekiston Xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori ham bo’lgan. Yozuvchining asarlari o’zbek adabiyotining jahon aro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o’lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mangu o’rin oldi va umumxalq mulki bo’lib qoldi. Uning eng yaxshi asarlari jahon adabiyoti xazinasiga ham kirgan. Oybek 1968 yil 4 iyunda 63 yoshida vafot etdi. Vafotidan so’ng uning 20 jildlik to’la asarlari majmuasi nashr etildi.
1905 yil 10 yanvar Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek Toshkentning Eski shahrida o’rtahol hunarmand-to’quvchi oilasida to’g’ildi.
1911-1917 yillar eski usuldagi maktabda tahsil oldi.
1918-1921 yillar. Namuna nomli boshlang’ich maktabda ta’lim oladi.
1921-1925 yillar. Navoiy nomidagi Toshkent pedagogika texnikum-internatida o’qishni davom ettiradi.
1922 yil «Armug’on» jurnalida (1-son) «Cholg’u tovushi» e’lon qilinadi.
1925 yil 25-sentyabr. O’rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetining iqtisod bo’limiga o’qishga kiradi.
1926 yil. «Tuyg’ular» nomli birinchi she’rlar kitobi bosmadan chiqadi.
1927 yil. Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi Xalq ho’jaligi institutida o’qishni davom ettiradi.
1929 yil. «Ko’ngil naylari» to’plami nashr etildi.
1929-1930 yillar. Oliy tahsilni yana Toshkentda davom ettirib, O’rta Osiyo Davlat universitetining iqtisod fakultetini tugatadi.
1932 yil. «Dilbar-davr qizi» dostonini yozadi, 1933 yilda alohida kitob bo’lib chiqadi.
1932 yil. «Ma’shala» she’rlar kitobi nashr etiladi.
1933 yil. «Sovet adabiyoti» jurnalida «O’ch» dostoni bosiladi.
1933 yil. Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim bo’lib ishlaydi.
1934 yil. «Temirchi Jo’ra» dostoni bosildi.
1934 yil. «Ma’shala» jurnalining 4-sonida «Globus» sarlavhali birinchi hikoyasi e’lon qilindi.
1934 yil. «Baxtigul va Sog’indiq» dostoni va she’rlar kitobi bosmadan chiqdi.
1936 yil. A.S.Pushkinning «Evgeniy Onegin» she’riy romanini o’zbek tiliga tarjima qiladi, roman 1937 yilda aloxida kitob bo’lib chiqadi.
1936 yil «Guliston» jurnalining 10-sonida Ispaniya voqealariga bag’ishlangan «Qahramon qiz» dostoni bosiladi.
1938-1941 yillar. O’zbekiston o’quv pedagogik nashriyotida muharrir va tarjimon bo’lib ishlaydi.
1938 yil. «Qutlug’ qon» romanini yozib tugatadi (roman 1940yilda o’zbek tilida, 1943 yil rus tilida, 1949 yilda o’yg’ur va chex, 1950 yilda slovak, 1959 yilda qirg’iz va ozarbayjon tillarida alohida kitob bo’lib chiqadi).
1939 yil. «Antik adabiyot» xrestomatiyasining 2 jildli (Rim adabiyoti) va «Sosunli Dovud» eposi Oybek tarjimonida alohida kitob shaklida nashr etiladi.
1941 yil. Xenrix Xaynening «Lirik she’rlar» Oybek va Mirtemir tarjimasida nashr etiladi.
1942 yil. «Navoiy» romanini yozib tugalladi (roman 1944 yilda щzbek tilida, 1945 yilda rus tilida, 1947 yilda latish, 1948-yilda litva, eston, chex, frantsuz, 1949 yilda qozoq, 1950 yilda ukrain, 1952 yilda o’yg’ur, 1955 yilda turkman tillarida kitob bo’lib chiqdi).
1943 yil 4 oktyabr. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining ijtimoiy fanlar buyicha akademigi qilib saylandi.
1943-1951 yillar. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining ijtimoiy bo’limining raisi lavozimida xizmat qiladi.
1944 yil «Mahmud Torobiy» operasining librettosini yozadi.
1945 yil. M.Yu.Lermontovning «Maskarad» pessasini tarjima qiladi.
1945-1949 yillar. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi, «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri.
1946 yil 27 iyun. «Navoiy» romaniga Davlat mukofoti berildi.
1947 yil. «Qizlar» dostonini nashr etadi.
1948 yil. «Hamza» dostonini yozib tugatadi.
1949 yil «Oltin vodiydan shabadalar» romanini yozib tugatdi.
1949 yil «Dostonlar» kitobi nashr etildi.
1950 yil «Zafar va Zahro» dostonini yozib tugatdi.
1951 yil. O’zbekiston Oliy Sovetiga deputat qilib saylandi.
1954-1959 yillar. O’zbek tilida 4 jildlik «Tanlangan asarlar»i bosib chiqarildi.
1955 yil. «Quyosh qo’shig’i» she’rlar va dostonlar kitobi nashr etiladi.
1957 yil. «Nur qidirib» qissasini yozib tugatadi.
1957-1968 yillar. «O’zbek tili va adabiyoti» jurnalining bosh muharriri.
1959 yil. «Quyosh qoraymas» romani nashr etiladi.
1963 yil. «Bolalik» qissasi nashr etiladi.
Qissaga 1964 yil 14 noyabrda Davlat mukofoti beriladi.
1965 yil 23 sentyabr. O’zbekiston Xalq yozuvchisi unvoni beriladi.
1965 yil. «Ulug’ yo’l» romanini yozib tugatadi.
1967 yil. «Navoiy gulshani» maqolalar to’plami nashr etildi.
1968 yil. 4 iyunda vafot etdi.
1968 yil. «Guli va Navoiy» dostoni bosildi.
1968-1975 yillar 10 jildlik «Asarlar»i bosilib chiqdi.
1974 yil. «Alisherning bolaligi» qissasi e’lon qilinadi.
Yozuvchi-shoirlarning Oybek haqida fikri:
Oybek prozada shoiru poeziyada prozaikdir. U eng mayda ikir-chikirlarni she’rlarda kuylay biladigan talantli shoirdir. U kishilar portreti, ko’z va qosh harakatlarini juda aniq tasvirlab beradi. Shu bilan birga, uning prozasi lirik poeziya darajasiga kutariladi. Oybek kishining qalbiga kira oladi, yurakning nozik torlarini chertib utadi.
Xamid Olimjon
Talant qanchalik katta, qanchalik qudratli bo’lmasin, har nechuk yuzda bo’lmaydi, konga o’hshash erning qa’rida bo’ladi. Bu kon talantni qazib olish uchun avvalo katta aql, undan keyin katta bilim, matonat, kuch-g’ayrat, bularning ustiga dard bo’lishi kerak. Katta talant egasi Oybekda mana shu hislatlarning hammasi mavjud. Oybek mana shu hislatlari bilan xalqimizning ma’naviy xazinasiga katta boylik qo’shdi.
Abdulla Qahhor
O’zi himmatli ijodkor-mehnatchi bo’lgan Oybek shuning uchun ham mehnat ahlini sevadi, lirikada bo’lsin, poemalarda bo’lsin, roman va dramatik asarlarida bo’lsin, Oybekning sevimli qahramoni mehnatkash ishchi va kosiblarni kuylaydi. Mehnatkash insonlardagi o’lmas fazilatlarni g’oyat kuchli buyoqlar bilan tasvirlab beradiki, bu xususiyat Oybekning o’zbek adabiyoti uchun qilgan eng katta xizmatlaridandir.
Maqsud Shayhzoda
Olingan manba: http://ferlibrary.uz › muso-tos… saytidan foydalanildi.
Tayyorlagan: J.Kadirbaeva
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы