Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3-fevral kuni tumanimizdagi 1-sonli umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi.

Ushbu maktab o’quvchi yoshlariga, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga  xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan turk adibi Ahmad Lutfiy Qozonchining hayoti va “O’gay ona” kitobi mazmuni bo’yicha aytib berildi. Bunda turk yozuvchisi Ahmad Lutfiy Qozonchining 1936 yili Turkiyaning Churum tumanida tug’ilganligi, Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlaganligi, uning qalamiga mansub ko’plab kitoblari o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilinganligi, shulardan biri “O’gay ona” asari bo’lib, asardagi bosh qahramonlardan biri husn va ilmu odobda benuqson bo’lgan ham ruhan, ham jismonan go’zallik sohibasi, o’n to’qqiz yoshli Fotima nega ikki etim farzandning otasi Odilbekka turmushga chiqqanligi, onasi-yu xolalarining tushuntirishlaridan qo’shni o’gay onaning “sabog’i” kuchliroq ta’sir qilganligi, uch yoshli qiz Odilaga va besh yoshli o’g’il Husaynga tuqqan onasiday ko’rsatgan samimiy mehri haqida gapirib berdi. Tashrif so’ngida o’quvchi  yoshlarning  qiziqtirgan savollariga javob berildi.