2023 yil 6-fevral kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumanimizdagi 1-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni kitobxonlikga qiziqtirish, fikrlash qobiliyatini oshirish, chaqqonlikka, ziyraklikka o’rgatish maqsadida «Sirli sandiqcha» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatida Maktabgacha ta’lim tashkilotining metodisti Ziwar Tulegenova, 2-katta gurux tarbiyachisi Shirin Abdrasulova, Axborot-kutubxona markazining, Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Jarkinay Kadirbaeva va maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-katta guruh tarbiyalanuvchilari qatnashdi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Jarkinay Kadirbaeva tomonidan bolajonlarni kitoblarni sevishga, ulardan ko’p foydali jihatlarni olishida «Ertaklar olamida» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi va Bolalar entsiklopediyasi «Uy hayvonlari» kitoblari bo’yicha tushunchalar berilib, bolalar bilan suhbat o’tkazdi. Davra suhbatida bolajonlarimiz uy hayvonlarining turlari, ularning insonga foydasi haqida o’zlarining bilganlarini aytib berishdi. Davra suhbati davomida tarbiyachi Shirin Abdrasulova «Dunyo xalqlari» kitobini bolalarga tanishtirib bordi. Davra suhbati so’ngida 2-katta guruh tarbiyalanuvchilari o’zlarining ertak va qo’shiqlarin aytib berishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы